Bolat ÜNSAL

Bolat Ünsal

1960 yilda tug’ilgan. 1982 yilda boshlagan biznes hayotini davom ettirmoqda. Adabiy hayotini 1976 yilda boshlagan; Uning 8 ta kitobi nashr etilgan: G‘am-g‘ussa alomati 2001, Qoyalarda yig‘lash 2004, Quyoshda qor yog‘ishi 2008, Jannatda harom 2012, Kemer she’rlar to‘plami 2012, Heybeden hikoyalari 2017, Chuğayin Predmeti02, Sevgi uchun 02. ,


ONA 2 

Yaxshiyamki borsan, sensiz ma’nosiz bo’lardi hayot 

Yoqsan, qanday tinardi lablarimdaki faryod 

Iliklarimga quvvat, yog’ar sevging toma toma 

Noming eshitsam yuragim, dukkilar hayajondan 

Joningdan bir jonim, jonimsan Onam 

Badanim, ruhim, har yonimsan Onam 

Yuraging muhabbatli, avlodlaring tog’ kabi 

Muqaddas tuyg’ular senda, bir shalola kabi 

Hovuchlaringda jajji qo’llarim, tanim issiq 

Bog’lab sarmalar saqlar, quchog’ingda kamgak 

Joningdan bir jonim, jonimsan Onam 

Badanim, ruhim, har yonimsan Onam 

Qarashlaringdan sharaf oqar uzun kechalarda 

Lablarıngdan bol to’kılar bo’g’in-bo’g’in 

Kim bilar qancha shafaqlar sug’ordi och, suvsiz 

Chekilmaz buncha dardlar, chekilmasdi tutqusiz 

Joningdan bir jonim, jonimsan Onam 

Badanim, ruhim, har yonimsan Onam 

Sochlaringda sut hidi lablaringdan bir bo’sa 

Yuraging okean kabi buyuk, jussang kichik 

Bitmasin ko’nglingdagi manzil, qaytguncha dunyo 

Sen mening ko’zlarimga saqlaganim go’zal tush 

Joningdan bir jonim, jonimsan Onam 

Badanim, ruhim, har yonimsan Onam 

SEHRGAR 3 

Kiftımda saqlaganim ishqing 

Pinhon emas senga asirligim 

Sen parvosiz tushlarimning dushmani 

Sen ko’nglimning tubida saqlan 

Oydinlatmas qorong’uligıng saharlarimni 

Quyoshlar saqlasangda o’ralaringda 

Qarilikka yuz tutmish bu g’arib ishqing 

Olda keltir o’tinlarini oqshomlarimga 

To’lqinlarin qirg’oqqa sovurgan dengiz yulduzi 

Olda keltir yod iforli sochlarini yoz sochlarimga 

Sur olovning qizilligidan lablarimga 

Oqdengizning qirg’oqlarimda qoldirgan suv parisi 

Qaysi jallodning mili nur berarki ko’zlarimga 

Sening nuring bilan ravshanlastirganing qadar 

Qaysi keksa sharob quyqasi yoqar ichimni 

Ruhimga qoldirganing olov qadar 

Katamaranlar kelar ketar dengizlarimdan 

Yirtilar yuragimning eng go’zal moviysi 

Kim bilar qancha midiya qobug’in to’ldirar 

Senga to’kkanim ko’zlarimning gavhari 

Sen sevgi langari ishq temirlar dokimga 

Qorong’ilikda bir kechaning sessız ovozsiz 

Keyin yo’qolar oyoq izlari aralashıb yo’llarga 

Yolg’izik saqlar kuzlar xayrlashmasdan 

Tushguncha har sarig’ yaproq tuproqlarga 

Bir juft ko’z saqlayin sendan ortda qolgan 

Yostig’imning ostiga har kecha 

Seni sevganimni faraz qilki katta yolg’on 

Faqat noming lablarimda bo’g’in 

Hovuclarimda hozir tushlarimdan qolgan yulduzlar 

Qirg’og’imda to’lqinlarnıng o’chirolmagan sendan izlar 

Ko’zlarini ko’zlarimga yop sevgilim yaxshilab 

Sovqotmasin yuragim sensiz qolib bu kecha 

JAHANNAMDAGI TAQIQ 

Hisob-kitobsiz qonimga kirding 

Tangridan ko’ngimga jazomisan sen 

Na yuzimga kulding na huzur berding 

Imkonsiz bir ishqning asiriman men 

Sen mening ko’rgan eng go’zal tushim 

Qarashing yolg’onmish so’zlaring riyo 

Unutib ketting yo sevganding go’yo 

Imkonsiz bir ishqning asiriman men 

Qo’llaring qo’limda bo’lsa ne yozar 

Sevging yuragimga to’lsa ne yozar 

Kelmasin ne bo’lar kelsin ne yozar 

Imkonsiz bir ishqning asiriman men 

Yonimda bo’lsangda uzoqsan menga 

Umrimning mahshari tuzoqsan menga 

Jannatimdaki tanho taqiqsan menga 

Imkonsiz bir ishqning asiriman men 

Qaramay orqasiga qaytib ketarkan 

Qo’rqmasdan bu ishqni fido etarkan 

Yangdan boshlading endi tugarkan 

Imkonsiz bir ishqning asiriman men 

Tarjimon: Ikhtıyor Yokubov