ÖBEKÇEDE ŞAHSEEN CAMIZ
1956-yilda Fethiyada tavallud topgan. Bog’cha, maktab va litsey ta’limini Fethiyada olgan. Izmirdaki Pedagogika Institutining Turkcha bo’limini tugatgan. So’ngra o’qituvchilik faoliyati bilan o’rta maktab va litseylarda yigirma sakkiz yil ishlagan. U ijodini o’rta maktabda o’qib yurgan paytlaridan boshlab yoza boshlagan.
Nashr etilgan kitoblari: “Quyoshga to’la ertaklar”, “Qahvaxona go’zali”, “Kichkina sehrgarning opasi”, “Shirin olmaxonlar”, “Keksa chinor” va “Hazilkash Nasriddin bobomning masallari”, Ozarbayjon davlatida esa “Quyoshga to’la masallar”, nomli kitoblari nashr ettirilgan.
TILAMCHI
Bir bor ekan bor yo’q ekan, tangrining quli cho’kkan qadim zamonda, g’alvir somon ichida, zamon-zamon ichida, shaharlarning birda bir qishloq bo’lgan ekan. Bir qishloq! Boyi-yu kambag’ali, odobli, odobsizi, jamalak sochlisi, qovoq boshlisi, aqillisi, aqilsizi, yerga boqqani, yurak yoqqani, tepadan boqqani, pastda turgani…. Shunday qilib jami bu kichik qishloqda ulkan baxtni baham ko’rishar, issiq nonni bo’lishar ekan.
Chuqur va juda salqin bir o’rmonning yoqasida, yam-yashil qishloqda bir chol-u kampir yashar ekan. Har narsa go’zal ekan, ammo ayoli yillar davomida ishlardan to’ygan ekan. Tong sahardan to oqshomga qadar bitmas ekan bu zolim ishlar. Ko’zini ish bilan ochar ekan, kel zamon, ket zamon, sarson-sargardon ekan, bunday yashashdan bezor ekan.
Eri tong sahardan ishiga shoshar, oqsom uyiga kelgani zahoti yeb-ichib, o‘z burchagiga joylashardi. Bundan tashqari, u hatto qahvasini qo’liga olishni xohlamasdi. Bir kecha mijja qoqmay xo‘rozlar qichqirig’igacha turibd. U tunni uyqusiz o’tkazdi, lekin nihoyat bir qarorga keldi. Eri har doimgidek paypog‘ini oyog‘iga kiyib, kamarini beliga o‘rashini kutayotganda, ayol uning qarshisida turardi. Unga dediki:
“Umr yo’ldoshim, uyimning ustuni begim! Yillar davomida jim qoldim. Qanchalik charchaganimni bilmaysiz. Men har kuni tong sahardan to kech qorong’ugacha faqat ishlayman. Men olaman, olib kelaman, pishiraman, kuyduraman, yuvaman, quritaman. Ombordan uygacha tozalayman, supuraman, sidiraman. Baraka topsın bolalar, kelish-ketishlar, jonivorlar… Bir oz o‘tirib dam olgim keladi, vaqt topolmayapman. Turmushga chiqqanimdan beri shu ahvol. Endi jonımga tegdi. Meni hech kim tushunmaydi. Pichoq suyakka borib qadaldi! Bugun men kiyinib, uyning to’riga o’tıraman. Bundan buyon qo’limni sovuq suvga urmayman. Nima desangiz deng! Bugun ishlarni sız bajarasiz. Yuragimning podshohi, g’ozning oyog’i qandayligini siz ham bir ko’ring qani?”
Erkak quloqlariga ishonmadi. Xotini birinchi marotaba shunday gapirayotgan edi. Buning ustiga, bu adolatsizlik hisoblanmas edi. O‘yladi, o‘yladi… Xotini yillar davomida ovoz chiqarmay uy yumushlarni, yelkasida ko‘tarib yurardi. Bu vaziyatga e’tibor bermaslik uchun biroz xijolat bo’ldi:
“Yaxshi, lekin faqat bir kun: Bugun uchun”, -dedi u. Xonim xursandchiligidan yelib-yugurardi. U kiyinibdi, bezanibdi, yelkasiga qalin qora sochlarini tashlabdi. Boshiga bezakli ro’molini o’rabdi. Qoshlariga qalam, ko’zlariga surma qo’yibdi, yonoqlariga qizil surtibdi. Oynaga qarab shunday debdi:
– Ohh! Men buni qanday yaxshi o’yladim! Birinchi marta uyimning bekasi bo’ldim. Keling, bugun zavqlanaylik! Erkak xotinini ko’rib og’zi ochilib qolibdi, “Buncha go’zal ekan bizning qoshiq dushmanimiz!” deb xayolidan o’tkazdi. Xonim hovliga chiqib bir tovuq tutup turmush o’rtog’iga olib kelib beribdi.
– Xo’jayin, kechga buni pishiring, sariyog‘da anorday qovuring. Bir mazza qilib yeylik! – deyishi bilan, eri qoshlarini chimirdi:
– Begim, begim, buncha tez unutdingiz aytganlaringizni? Bugun hamma ishni siz qilasiz, men shunday kelindek suzilib o’tiraman. O’ylang qani men nima ishlar qilar ekanman oqshomgacha. Qani, fartukni kiying qani! – dedi. Turmush o’rtog’i ish jiddiy ekanligini tushundi!… Fartukni kiyib, ishga kirishdi. Eee, osonmikan? Ish boshiga tushgach, kerak bo’lgan hamma narsani qilishga to’g’ri keladi. Xotini aytganidek, tovuqning patlarini yulib, tozalabdi, o’choq yoqishni boshlabdi. Xona bir pasda tutunga to’ldi. Ko‘zlari esa yoshga to’ldi. Nihoyat, tovuqni pishirish uchun olovga qo’ydi. Quduqdan suv oldi, atrofni supurib sidirdi. Molxonaga o’tibdi; hayvonlarning tagini tozalash, yemlarini berish va sog’ish uchun…
Xonimga kelsak… Xonim bir necha yillardan keyin birinchi marotaba uyning to’ridagi qalin ko’rpachalarga o’tiribdi. “Bir kunlik bo‘lsa ham, beklik – beklikdir!” – dedi u o‘ziga o‘zi. U endi kelajak haqidagi orzularga botganida, eshik birdan taqilladi. Xonim o‘zini yo‘qotmay xitob bilan dedi:
– O’rnimdan turolmayman, kim bo’lsa, ichkariga kirsin! Kelgan kimsa tilanchi edi. Tortinib ichkariga kiribdi. To’rda o’tirgan xonimga yaqinlashdi va juda och ekanligini aytibdi. Alloh rizosi uchun yeydigan bir nima berishini so‘radi. U esa oshxonadan xohlagan narsasini olib ketishni aytibdi. Yoqimli tovuq hidi tilanchining oshxonani topishini osonlashtirdi. Qozon qopqog‘ini ochib, og‘zidagi suvni to‘play olmadi. Yana nimani xohlaydi Allohdan! Shu zahoti tovuqni xaltasiga joylashtirdi. Bo‘sh qolmasin, deb oyog‘idagi kovushlarini qozonga solibdi va oshxonadan xonimga seslanibd:
– Xonimoyim! xonimoyim!
Men sizga bir qo’shiq aytib berib keyin ketaman – deya darhol kelibdi. Xonim yana uy to’rida o’tirayotganmish. Tilanchiga:
– Qani, ayt, kuyla eshitaman! dedi. Qoshiq tinglashni kim ham xohlamaydi? Tilanchi kuylay boshladi:
/Xonim! Xonim! Sen mening jonim! / Sening tovuq mening to’rvam ichida / Mening kovush sening qozon ichida / Men tovuqni yey o’rmon ichida, / Sen tayoqni ye ko’rpa ichida!/ Birinchi marta eshitayogan bu qo’shiq ayolga juda yoqdi. Qolaversa, tilanchining ovozi ham juda chiroyli edi. Unga:
– Juda chiryli kuylading! Ovozingga ko’z tegmasin! Ket, yaxshi bor. Tilanchi xursand bo’lib ketibdi. Bu orada molxonadagi ishini tugatgan eri uyiga keldi. Darhol oshxonaga borib, pishgan-pishmaganligini bilish uchun qozonning qopqog‘ini ochibdi. Qoshiqni botirganda ne koz bilan qarasaki, Bir juft kovush! Qaynab qaynab ichida shishib ketgan. Eri ajablanganicha shoshib qoldi. Aqliga sig’dira olmadi. Xotinining oldiga kelib, unga:
– Xonim, men yo‘g’imda, bu yerga kim keldi?
– Ha, bir tilanchi keldi. Men joyimdan turmadim, u yonimga keldi.
– Nega?
– Hey, dedim! Bugun xonimoyim bo’lganman deb, uy to’rida o’tirdim!
– Xo‘sh, keyin nima bo‘ldi?
– Nima ham bo’lardi xo’jayin! Ketishingda oshxonadan xohlagan narsangni ol, dedim.
– Xo’sh, biror nima oldimi?
– Olibdi, olibdi! Ketishida menga bir qo‘shiq ham aytib berdi.
– Shundaymi? qanday qo’shiq ekan? Qani aytqani! Xonim zavq bilan kuylay boshladi: /Xonim! Xonim! Sen mening jonim!/ Sening tovuq mening to’rvam ichida / Mening kovush sening qozon ichida / Men tovuqni yey o’rmon ichida,/ Sen tayoqni ye o’rmon ichida!
– Haa, demek shunday! Aynan aytganini qilibdi. Tovug’imizni to’rvaga, o‘zining kovushlarini qozonga solibdi. Endi u o’rmonda tovuqni mazza qilib yeb yotibdi. Qani, tur o’rningdan! Sening xonimliging qimmatga tushdi. Endi biror nima tayyorlaylik da keyin o’tirib bafurja gaplashaylik dedi.
Ayol qirq yil deganda uy to’rida o’tirganiga pushaymon bo’ldi, ammo yaxshi ish qildi. Chunki eri kun bo‘yi yugurib yursa ham ishni tugata olmadi. Bundan tashqari, u juda charchagandi. Xotiniga bu munosabati uchun minnatdorchilik bildirdi. Bundan keyn ishlarni va mas’uliyatni baham ko’rishdi. Bu borada ular o‘z farzandlari va atrofdagilarga o‘rnak bo‘lishdi…
Ular baxtli hayotlarini, biz esa ertagimizni tugatamiz… Osmondan yana uch dona olma tushdi. Biri bu ertakni angatgan kishiga, ikkinchisi, turmush o’rtog’iga yaxshi munosabatda bo’lga kishilarga, uchinchisi esa hayotni, tiriklikni, tinchlik va hamjihatlikni ta’minlovchi barcha go’zal ayollar boshlariga…
